
"Yuventus" Benatiya bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati jamoaning tajribali himoyachilaridan biri hisoblangan Mexdi Benatiya bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish niyatida.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” “Atletiko”dan Diego Godinni sotib ololmagach, aynan marokashlik futbolchini tarkibda saqlab qolishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Benatiya yakunlangan mavsum “Yuve” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 31 yoshli futbolchiga Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar