
"Yuventus" Bernardeskidan tezroq qutilmoqchi
"Yuventus" rahbariyati shu yoz hujumchi Federiko Bernardeskidan qutilishni rejalashtirmoqda.
Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, 26 yoshli italiyalik futbolchi “keksa sinora” rahbariyatining ishonchini oqlay olmagan. Turinliklar uning xizmatlarini “Fiorentina”ga taklif qilgan. Qizig‘i, “Yuve” Bernardeskini 2017 yil aynan “binafsharanglilar”dan sotib olgan edi. Futbolchining o‘zi esa “Atletiko”ga o‘tmoqchi.
Federiko o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar