"Yuventus" Bernardeskini sotib olish fikridan qaytmayotir

"Yuventus"  klubi "Fiorentina"dan Federiko Bernardeski xarid qilish yo‘llarini qidirishda davom etmoqda.

Turinliklar futbolchi uchun birinchi – 40 million evrolik (yana bonus 2 mln evro) taklifni yuborishgan, deya xabar beradi Sky Sport nashri. Florentsiyaliklar esa futbolchini sotishga shoshilmayapti.

Futbolchining "Fiorentina" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. Avvalroq u klub bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!