"Yuventus": Dibalaning o‘rnini 16 yoshli superiqtidor egasi bosadi
"Yuventus" murabbiylari jarohat tufayli safdan chiqqan futbolchilar, jumladan Paulo Bibala va Marko Pyatsaning yo‘qligi yosh futbolchilarga imkoniyat eshigini ochishiga ishonmoqda.
Xususan, "Yuventus" Italiya chempionatining "Peskara"ga qarshi o‘tkaziladigan 13-tur uchrashuvida maydonga 16 yoshli hujumchi Moyze Kinni tushirmoqchi. Agar bu ish amalga oshsa, Kin Italiya chempionatida professional miqyosda maydonga tushgan 2000 yilda tug‘ilgan birinchi futbolchiga aylanadi.
Kean bungacha besh marotaba o‘yin qaydnomasidan o‘rin olgan, lekin o‘yinga tushmagan edi. Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 16 yoshli hujumchining yoshlar jamoasidagi o‘yinini kuzatib kelmoqda. Kin beshta uchrashuvda beshta gol urdi.
Futbolchining agenti Mino Rayola "Yuventus" bilan uch yillik professional shartnoma tuzishga harakat qilmoqda.
SPORTS.uz



Fikrlar