"Yuventus" etakchilaridan biri noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich kecha Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi safida Italiyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli futbolchi allaqachon turinliklar qarorgohiga qaytib kelgan. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi. Biroq, uning 23 noyabr kuni “Atalanta”ga qarshi bo‘ladigan muhim bellashuvda maydonga tushmasligi aniq.
Ma’lumot uchun, Pyanich joriy mavsum 15 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar