
"Yuventus" etakchisi o‘z terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi
"Yuventus" klubi va Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar berdi.
U Shimoliy Makedoniyaga qarshi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng shunday qarorga kelgan. Uning termadagi oxirgi o‘yini Argentinaga qarshi o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, futbolchi bu mavsumda "Yuventus"dan ham ketishni xohlamoqda. U kelasi mavsumdan MLS chempionatida to‘p tepishni rejalashtirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 37 yoshli "Yuventus" sardori joriy mavsum A Seriyaning 14 o‘yinida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar