"Yuventus" futbolchisi grandlar diqqat markazida turibdi

  • 25.10.2025 11:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz tobora Evropa grandlarining transfer nishoni aylanmoqda. 

20 yoshli futbolchining o‘yinlari "Real Madrid", "Manchester Citi", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" vakillari tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda, deb xabar beradi jurnalist Ekrem Konur.

"Keksa sinora" rahbariyati hali ham turkiyalik futbolchining shartnomasini maoshini oshirish bilan uzaytirishni rejalashtirmoqda. Yildizning narxi Transfermarkt portali tomonidan 75 million evroga baholanmoqda. Bu mavsumda futbolchi "Yuventus" safida o‘nta o‘yinda ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!