
"Yuventus" futbolchisini "Atalanta"ga qo‘yib yuborishga qaror qildi
"Yuventus"ning turkiyalik himoyachisi Merix Demiral yangi mavsumni A Seriyaning boshqa bir grandida boshlashi mumkin.
Italiyalik jurnalist-insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi "Atalanta"ga o‘tadi. Bergamoliklar uni keyinchalik 25 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oladi.
Demiral "Yuventus" safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jamoada bor yo‘g‘i 32 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Merix Demiralning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar