"Yuventus" ham Eriksen uchun kurash olib boradi
Turinning "Yuventus" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen uchun kurashda qatnashmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” vakillari allaqachon bu masala yuzasidan 27 yoshli daniyalik futbolchining yaqinlari bilan aloqaga chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, Eriksen uchun asosiy da’vogar Madridning “Real” klubi hisoblanadi.
Ta’kidlash kerakki bundan avvalroq “shporlar” Eriksenni 225 mln evroga baholashayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar