"Yuventus" himoyachisi APL grandlari diqqat markazida!
"Yuventus" markaziy himoyachisi Pyer Kalulu faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. 25 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted", "Aston Villa" va "Tottenxem" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, Turin klubi fransiyalik futbolchining narxini 35-40 million yevro deb baholamoqda. Pyer Kalulu "Transfermarkt" portalida 28 million yevroga baholangan.
Bu mavsumda markaziy himoyachi "keksa sinyora" safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar