«Yuventus» hujumchi bilan xayrlashmoqchi

  • 11.08.2026 12:08
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Yuventus» hujumchisi Arkadiush Milik joriy transfer oynasi yakunigacha jamoada qolmasligi mumkin.

 

Insayder Nikolo Skira ma’lumotlariga ko‘ra, turinliklar polyak futbolchisini sotish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. 32 yoshli forvard «qariya sinyora» bosh murabbiyi Luchano Spallettining rejalariга kirmayapti. Holbuki, yaqinda Italiya ommaviy axborot vositalari Spalletti Milikka yana bir imkoniyat berishga tayyorligi haqida xabar tarqatgan edi.

 

Arkadiush Milikning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi. Doimiy jarohatlar tufayli u o‘tgan mavsumda bor-yo‘g‘i ikki o‘yinda maydonga tushdi, undan oldingi mavsumda esa umuman maydonga chiqmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!