«Yuventus» ikki futbolchini sotib olmoqchi

  • 03.10.2026 14:39
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning mashhur «Yuventus» klubi yaqin vaqtlarda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot tarqatgan insayder jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Uning ma'lumot berishicha, «qariya sinyora» ikki yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni ko‘rib chiqmoqda. Gap chap qanot himoyachisi va yarim himoyachi haqida ketmoqda. Ehtimoliy yangi futbolchilarning ismlari hozircha oshkor etilmayapti.

Italiya chempionatida besh tur o‘tkazib bo‘linganidan so‘ng, turinliklar o‘n ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va jadvalda yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi uchrashuvni «Yuventus» 11 oktyabr kuni mehmon sifatida «Kalyari»ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!