“Yuventus” ikki superhujumchidan birini tanlashi kerak
Andrea Pirlo qiyin tanlov oldida qoldi. Klub mutasaddilari unga ikki zo‘r hujumchi – Luis Suares va Edin Jekodan birini tanlashni so‘ramoqda.
Luis Suares “Barselona”dan ketishga hozirlik ko‘rmoqda. Ronald Kuman 33 yoshli hujumchini tarkibga kiritmoqchi emas. O‘z navbatida, Edin Jeko ham “Roma”ni tark etish payida yuribdi. Lekin 34 yashar hujumchining rimliklar bilan yana ikki yillik shartnomasi bor.
Avvalroq, “Yuventus”ning asosiy to‘purari Krishtianu Ronaldu hujumda Edin Jeko bilan birga o‘ynashga rozilik bergan edi.
Fikrlar