"Yuventus" Isko uchun 60 mln evro to‘lashga tayyor

  • 15.06.2019 13:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 60 mln evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq Iskoning o‘zi ham “qirollik klubi”dan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Isko o‘tgan mavsum “Real” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!