"Yuventus" karantinni buzgani uchun Kostani jazolaydi

  • 27.03.2020 11:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Duglas Kosta Braziliyada karantin qoidalariga rioya qilmagan. Endi u klub tomonidan jazolanishi aytilmoqda.

Daily Mail nashrining yozishicha 21 mart kuni Kosta Italiyani tark etgan va o‘z vataniga jo‘nab ketgan. Biroq, u Braziliyada karantin qoidalarini buzgan. Aniqrog‘i, futbolchining sevgilisi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga u bilan dam olayotgan suratlarini joylashtirgan.

“Yuventus” prezidenti Andrea Anelli tez orada Duglas Kostaning harakatlari yuzasidan o‘z qarorini e’lon qiladi. Bundan tashqari, koronavirus sabab Italiyani tark etgan jamoaning boshqa a’zolari xatti-harakatlari ham doimiy kuzatib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!