"Yuventus" Pogba evaziga Pyanich yoki Dibalani bermoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “keksa sinora” 26 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi evaziga MYuga bosniyalik xavbek Miralem Pyanich yoki argentinalik hujumchi Paulo Dibalani berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” Pogba uchun begona emas. U 2012-2016 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.
Pogbaning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar