
"Yuventus" "Lechche" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi, ularning biriga Ronaldu mualliflik qildi (video)
Italiya A Seriyasining 29-turida “Yuventus” o‘z maydonida “Lechche”ni qabul qildi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan Turindagi uchrashuv 4:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi gollarga esa Paulo Dibala (53'), Krishtianu Ronaldu (62'), Gonsalo Iguain (83') hamda Matteys de Ligt (85') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar