"Yuventus" Liverpuldаn ketayotgan futbolchi uchun kurashga qo'shildi
“Liverpul” himoyachisi Endi Robertson yozda erkin agentga aylanadi va unga da'vogarlar soni ortib bormoqda.
Jurnalist Janluka Di Marcio ma'lumotiga ko‘ra, “Yuventus” 31 yoshli shotlandiyalik futbolchiga rasmiy taklif yuborgan. Shu bilan birga, futbolchi uchun asosiy favorit hali ham “Tottenxem” bo‘lib turibdi.
Robertson 2017 yildan beri “Liverpul” safida to‘p tepib kelayotgandi. U mavsumning so‘nggi uy o‘yinidan keyin “Enfild” bilan xayrlashdi.
Manbaga ko‘ra, “Tottenxem” futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishgan, ammo “Yuventus” vaziyatni o‘zgartirishga umid qilmoqda.
Turin klubining qiziqishi himoya chizig‘ini kuchaytirish zarurati va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdagi muvaffaqiyatsizlik ortidan byudjet cheklangani bilan izohlanmoqda. Shu sababli erkin agent transferi “Yuventus” uchun juda jozibali variant hisoblanyapti.
Biroq Robertsonning hozirgi formasi borasida savollar ham mavjud. U o‘tgan mavsum APLda 1200 daqiqadan kamroq vaqt maydonda harakat qildi, “Liverpul” himoyasi esa barqaror o‘yin namoyish eta olmadi.
Futbolchining kelajagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin hal bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar