
"Yuventus" Manjukich, Jan va Kellinini ChL qaydnomasiga kiritmadi
"Yuventus" klubi 2019/20 yilgi mavsumning Chempionlar Ligasi musobaqasiga qaydnomasini e’lon qildi.
Qiziq tomoni, ushbu qaydnomaga Emre Jan va Mario Manjukich kiritilmadi. Shu qatorda, mavsum boshlanib ulgurmasidanoq jarohat olgan Jorjo Kellini ham qaydnomaga kiritilmagan.
"Yuventus": Voytsex Shensni, Mattia De Shilo, Matteys de Ligt, Miralem Pyanich, Sami Xedira, Krishtianu Ronaldu, Aaron Remzi, Paulo Dibala, Duglas Kosta, Aleks Sandro, Danilo, Blez Matyuidi, Xuan Kuadrado, Gonsalo Iguain, Leonardo Bonuchchi, Daniele Rugani, Adrien Rabo, Merix Demiral, Rodrigo Bentankur, Karlo Pinsolo, Federiko Bernardeski, Janluiji Buffon.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" ChLning "D" guruhida "Atletiko", "Bayer" va "Lokomotiv" klublari bilan bahs olib boradi.
Fikrlar