"Yuventus" Manjukichn 5 mln evroga ham sotishga tayyor
“Yuventus” rahbariyati davralar oralig‘ida jamoa hujumchisi Mario Manjukich bilan hayrlashmoqchi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining rejalariga kirmaydigan 33 yoshli xorvatiyalik futbolchini atigi 5 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, Manjukichga “Manchester Yunayted” va “Milan” asosiy da’vogar hisoblanadi. Unga shuningdek Xitoy klubidan ham takliflar bor.
Ma’lumot uchun, Manjukich “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum hozircha birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar