"Yuventus" marokashlik futbolchini ijara olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 23.01.2026 01:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" jamoasi "Fenerbahche" hujumchisi Yussef En-Nesirini oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin turibdi.

Manbalarga koʻra, tomonlar 28 yoshli futbolchining 5 million yevro evaziga ijaraga asosida koʻchib oʻtishi boʻyicha kelishuvga erishgan. Bitim shartlarida futbolchini keyinchalik 19 million yevro hamda qoʻshimcha 3 million yevro bonuslar evaziga toʻliq sotib olish huquqi ham koʻzda tutilgan. Bu haqida jurnalist Yagʻiz Sabunjoʻgʻlu xabar bermoqda.

Ayni paytda turinliklar marokashlik futbolchining shaxsiy qaroriga javob kutmoqda.

Joriy mavsum Turkiya chempionati doirasida En-Nesiri 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol muallifi boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!