"Yuventus" narxni tushirmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" va "Napoli" hujumchi Arkadiush Milikning transferi borasida o‘zaro muzokara olib bormoqda.

Tuttosport ma’lumotiga ko‘ra, Turin klubi 26 yoshli forvardning transfer narxini tushirmoqchi. Hozirda neapolliklar futbolchi uchun 18 mln evro talab qilmoqda.

Milikning klub bilan tuzgan bitimi 2021 yilning iyunida o‘z nihoyasiga etadi. U yangi kelishuvni rad etgan va shuning uchun Italiya klubi uni transferga qo‘ygan.

Polshalik futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida birorta uchrashuv o‘tkazmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!