
"Yuventus" "og‘zidagi oshni oldirib" qo‘ydi (Turnir jadvali)
Italiya A seriyasining 37-turidan o‘rin egallagan markaziy uchrashuv yakuniga etdi. Unda, Turinning "Yuventus" jamoasi "Latsio"ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi duranga imzo chekdi.
E’tiborlisi shundaki, maydon egallari bahs yakuni arafasida 2 to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edi, ammo yakunda "burgutlar" bir ochko ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu bahsdan so‘ng, turnir jadvalida katta o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.
Turinliklar safida Vlaxovich hamda Morata gol urgan bo‘lsa, "burgutlar"ning bir goliga "Yuve" futbolchisi Aleks Sandro qarashib yubordi. Shuningdek 90+6-daqiqada Milinkovich-Savich hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi.
Fikrlar