"Yuventus" Osimxenga 85 million evro ajratishga tayyor!

  • 10 may, 09:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen uchun qancha mablag‘ sarflashga tayyorligini ma’lum qildi. Klub 85 million evro ajratishga tayyor, deya xabar beradi "Corriere dello Sport".

Tecno

Shu bilan birga, nashrning yozishicha, forvardning shartnomasidagi tovon puli 75 million evroni tashkil qiladi, biroq bu faqat Italiyadan tashqari klublarga tegishli. Yaqin orada turinliklar "Napoli"ga aniq taklif bilan murojaat qilishga tayyor.

"Yuventus"ning raqobatchisi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bo‘lib, futbolchiga mavsumiga 30-35 million evro maosh va’da qilgan. Osimhen hozirda Turkiyaning “Galatasaroy” klubida o‘ynamoqda.

Joriy mavsumda nigeriyalik hujumchi 37 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!