"Yuventus" prezidenti "Milan"dan Donnarummani tortib olmoqchi

  • 17 noyabr, 2016, 12:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" rahbariyati 39 yoshli darvozabon Janluiji Buffonga o‘rinbosar sifatida "Milan" posboni Janluiji Donnarummani olib kelmoqchi. 

Tecno

Futbolchining agenti Mino Rayolaning aytishicha, "Milan" Italiya futboli kelajagi sifatida e’tirof etilayotgan 17 yoshli darvozabonga yiliga 4,5 million evro miqdorida maosh berishni taklif qilmoqda. 

- "Milan" o‘z darvozabonini jamoada olib qolishga harchand urinmasin, "Yuventus" xo‘jayini juda qattiq bosim o‘tkazmoqda, - dedi Mino Rayola.  - Buffonga o‘rinbosar qidirayotgan turinliklar nima qilib bo‘lsa ham Donnarummaga ega chiqmoqchi. 

Donnarumma Italiya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va beshta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!