"Yuventus" PSJ futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 25.08.2020 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes yana Italiyaga qaytishi mumkin.

Sky Sport Italia muxbiri Janluka Di Martsioning xabar berishicha, 26 yoshli argentinalik futbolchiga “Yuventus”dan qiziqish bo‘lmoqda. Paredes uchun A Seriya begona emas. Boisi, u faoliyati davomida “Roma”, “Empoli” va “Kevo” kabi jamoalarda to‘p surgan.

Paredes o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!