"Yuventus" Pyanichni qanchaga sotmoqchiligini ma’lum qildi

  • 09.04.2020 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi o‘zining bosniyalik yarim himoyachisi Miralem Pyanichni yozgi transferlar davrida sotib yubormoqchi.

il Bianconero nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “keksa sinora” 30 yoshli futbolchisini 60 million evroga baholamoqda. Unga esa PSJdan jiddiy qiziqishlar bor.

Pyanich joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!