"Yuventus" "Real" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 10 aprel, 19:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" qanot himoyachisi Fran Garsiya Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, chap qanot himoyachisini Turinning “Yuventus” klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. “Keksalar” rahbariyati Garsiyani sotib olish uchun 20–25 million evro ajratishga tayyor. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, bitim yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

25 yoshli futbolchining “qirollik klubi” bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Garsiyaning transfer narxini 15 million evroga baholamoqda.

Fulbek joriy mavsumda La Ligada 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!