
“Yuventus” Ronaldudan tashqari boshqa super yulduzidan ham ayrilmoqda
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala mavsum yakunlanishi bilan boshqa jamoaga o‘tib ketishni rejalashtirmoqda.
Turin klubi rahbariyati Italiya kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, yangi shartnoma bo‘yicha Dibalaning maoshini ko‘tarishdan bosh tortmoqda. “Yuventus” xo‘jayinlariga Dibala ko‘rsatayotgan o‘yin yoqmayapti.
Dibala “Yuventus” bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirish uchun yiliga 15 million evro talab qilayotgan edi.
Hozir muzokaralar to‘xtab qoldi. Shu bois hujumchi “Bavariya”, “Barselona”, PSJ, “Inter” va Manchesterning ikki klubi taklifini o‘rganib chiqishga tayyor ekanini bildirgan.
Fikrlar