
"Yuventus" Ronalduni 25 mln evroga sotishi mumkin, agar...
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “keksa sinora” rahbariyati 36 yoshli to‘purarni 25 million evro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Aytish kerakki, "Yuventus" Ronalduga har yili 87 million evro sarflaydi va agar u jamoadan ketsa, Turin klubi o‘zining moliyaviy ahvolini yaxshilab olishi mumkin. Ammo “Yuve” Ronalduni transferga qo‘ymaydi, unga taklif bo‘lsagina sotishi mumkin.
Agar Krishtianuning o‘zi ketishini xohlasa, uni hech qanday muammolarsiz qo‘yib yuborishadi. Ronalduga hech kim katta maoshli taklif yubormasa, u holda u yana “Yuventus”da o‘ynashda davom etadi.
Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar