
"Yuventus" Ronalduni qanchaga sotishini e’lon qildi
Turinning "Yuventus" klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni sotib yuborishga tayyor.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “keksa sinora” 35 yoshli futbolchining transferini 57 mln evroga baholamoqda. Uning sotib yuborilishi koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Boisi, Ronalduning yillik maoshi 31 mln evroni tashkil etadi. Hozirgi sharoitda bunday maosh “Yuventus”ga og‘irlik qilishi mumkin.
Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 25 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar