"Yuventus" Sandro Tonalini jamoaga olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda
"Yuventus" klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonalini jamoaga taklif etish imkoniyatini o‘rganmoqda. "La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spalletti 25 yoshli futbolchining salohiyatini yuqori baholamoqda va uni jamoani sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin deb hisoblaydi.
Klub rahbariyati ham ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda va ingliz jamoasi bilan ehtimoliy kelishuv shakllarini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, "Nyukasl" Tonalidan osonlikcha voz kechish niyatida emas. Klub faqat futbolchining o‘zi jamoani o‘zgartirish istagini bildirgan va "qarg‘alar"ni qoniqtiradigan taklif tushgan taqdirdagina uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Turinda Tonalining to‘liq transferi katta moliyaviy xarajatlarni talab qilishini yaxshi tushunishmoqda va hozircha bunday imkoniyatga tayyor emas. Shu sababli "Yuventus" uchun eng maqbul variant sifatida keyinchalik sotib olish sharti bilan ijara masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Fikrlar