“Yuventus” supertransferga tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 4 fevral, 2021, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Jahon chempioni Sami Xedirani “Gerta”ga qo‘yib yuborgan “Yuventus” uning o‘rniga yozda yangi futbolchi oladi.

Andrea Pirlo jamoa yarim himoyasida “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbani ko‘rmoqchi. Frantsiyalik futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Biroq, klub rahbariyati yozda Pogbani sotib yuborishga qaror qilgan.

Agar “Yuventus” Pol Pogbani ortga qaytara olmasa, zaxira varianti ham tayyorlab qo‘yilgan. Turinliklar “Lion” etakchisiga aylangan Ussem Auarni ham “Yuve”ga olib kelishga harakat qilmoqchi. Bu futbolchi anchadan beri “Arsenal”dan ham taklif olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!