
"Yuventus" ustozi jarohatlangan futbolchilar holati bo‘yicha ma’lumot berdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya A Seriyasi 17-turi "Sassuolo"ga qarshi bahsdan so‘ng jarohatlangan yarim himoyachi Ueston MakKenni va hujumchi Paulo Dibalaning holati haqida gapirib o‘tdi.
"Pauloning tizza paylarida muammo bor. U birinchi taymda og‘riq sezayotganini aytib, o‘zini almashtirishni so‘radi. Dushanba kuni u ko‘rikdan o‘tadi, shunda uning jarohati haqida to‘liq ma’lumot olishimiz va maydonga qachon qaytishi haqida xulosa qilishimiz mumkin.
MakKennining bel qismida jarohati bor edi, bugun esa u tovonidan zarba qabul qilib oldi", - deydi Pirlo.
Italiya chempionati 17-turidan so‘ng turinliklar 33 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar