"Yuventus" va "Atletiko" bir futbolchi uchun kurashmoqda
"Atletiko" yozda sotib olishni moʻljallayotgan futbolchiga "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda. Bu "Tuttosport" nashri maʼlum qildi.
Manba maʼlumotiga koʻra, Madrid klubi yozgi transfer oynasida "Atalanta"ning braziliyalik yarim himoyachisi Edersonni oʻz safiga qoʻshib olishni reja qilayotgandi, Lekin endi "matsarchilar" futbolchi uchun Turin klubi bilan kurashishga toʻgʻri kelmoqda. "Atalanta" esa futbolchisi uchun yuqori narxga talab qilmoqda.
26 yoshli havbekning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 40 million evroni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum Italiya klubi safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻyishga erishdi.
Fikrlar