"Yuventus" "yangi Ronaldu" uchun Dibalani "qurbon" qilmoqchi
"Benfika" vingeri Joau Felish "Yuventus"ning qiziqishlar markazida bo‘lib turibdi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” “yangi Krishtianu Ronaldu” deya e’tirof etilayotgan 19 yoshli portugaliyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘radi. Bu esa ularga taxminan 100 mln evroga tushishi mumkin. Biroq, ayni damda “Yuve” byudjetida buncha mablag‘ yo‘q. Shu bois ular mavsumlar oralig‘ida argentinalik hujumchi Paulo Dibalani sotib, undan keladigan mablag‘ni Felishning transferiga yo‘naltirishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Joau Felish joriy mavsum lissabonliklar safida jami 36ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 7ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar