
“Yuventus” yangi to‘purar uchun ikki futbolchisini beradi
“Yuventus” o‘z davrida Turin klubida katta futbolga qadam qo‘ygan Moyze Kin keyinchalik “Everton” bilan shartnoma imzolagan edi.
Joriy mavsumni ijara asosida PSJda o‘tkazayotgan hujumchi to‘purarlik mahoratini namoyish qilish orqali mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qaratmoqda.
“Yuventus” ham bu hujumchini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Buning uchun turinliklar “Everton”ga Duglas Kosta va Aaron Remzini berib, 21 yoshli italiyalik hujumchini A Seriyaga olib kelmoqchi.
Moyze Kin joriy mavsumda PSJ tarkibida 33 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 17 ta gol urdi.
Fikrlar