
“Yuventus ” yozda Ektor Belerinni xarid qilmoqchi
Turinning “Yuventus” jamoasi Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Ektor Belerinni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Belerin “keksa sinora”ning asosiy transfer mo‘ljali bo‘ladi. Ispaniyalik mahoratli himoyachining “Arsenal” bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning haftalik maoshi 115 ming dollarni tashkil qiladi.
Qayd etish kerakki, qishki transfer oynasida “Barselona” Ektor Belerinni 45 million evroga sotib olishga uringandi, ammo samaralar behuda ketdi.
Fikrlar