"Yuventus" yozda "Milan" etakchisini "yo‘ldan urmoqchi"

  • 5 aprel, 2021, 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi "Milan"ning turkiyalik yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia nashri ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, turinliklar yozda shartnomasi yakunlanadigan 27 yoshli futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi. Shu tariqa Chalxanoglu "Yuventus"ga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

O‘z navbatida "rossonerilar" Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishni xohlayapti. Ammo tomonlar maosh masalasida bir qarorga kela olmayapti. Unga shuningdek, "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi APL grandlaridan ham jiddiy qiziqishlar bor.

Xakan Chalxanoglu joriy mavsum "Milan" safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!