
"Yuventus"ga qarshi o‘yinda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun asosiy sabab!
Bugun tunda o‘zbekistonlik muxlislar kutayotgan bellashuv o‘tkaziladi. Unda Italiya kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tadi.
Bellashuv oldidan ko‘plab muxlislar, mutaxassislar va Italiya nashrlari taxminlarini bildirishdi, qaysi futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushishi bo‘yicha. Biz uchun ahamiyatlisi, albatta, Eldor Shomurodov. Muxlislar Shomurodov asosiy tarkibga kiritilishini xohlamoqda, kutmoqda va shunday bo‘ladi, deb o‘ylashmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi genuyaliklar qaydnomasidan o‘rin olgan. Hamyurtimizni mamlakatning ayrim portallari taxminiy tarkibga kiritmadi.
Ammo Shomurodov oxirgi payt ko‘rsatayotgan o‘yinlardan kelib chiqsak, u boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishga munosib. Boz ustiga raqib ancha jiddiy, "Jenoa" safarda harakat qiladi va himoyaviy taktikadan foydalanishi aniq. Bugun qarshi hujum ularning eng asosiy quroliga aylanadi. Bunday pallada Eldorning tezkorligi va qarshisidagi raqibdan cho‘chimasligi qo‘l kelishi mumkin. Shuni inobatga olib genuyaliklar ustozi Davide Ballardini hamyurtimizni asosiy tarkibga kiritishi kutilmoqda.
Yana bir necha soatdan so‘ng uchrashuvning asosiy tarkiblari e’lon qilinadi va barchasini bilib olamiz. Eldor Shomurodov oxirgi paytda "Yuventus" tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga munosib ekanligini isbotlash uchun ham bugun maydonga tushsa, albatta, gol urishini kutib qolamiz!!!
Bellashuv tunda Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.
Fikrlar