“Yuventus” o‘z tarkibini “Roma” o‘yinchisi bilan kuchaytiradi

  • 31 may, 2022, 11:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol mavsumi yakunlanganidan keyin barcha klublarning sport direktorlari transfer bozorini qiziqtishga bel bog‘ladi. O‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilarga hozirdan chorlovlar kelib tusha boshladi.

“Roma”ning etakchilaridan biriga aylanib qolgan Brayan Kristantega A Seriya chempionligi uchun kurashishni maqsad qilgan “Yuventus”dan taklif bo‘lyapti. Turinliklar bu mavsum sovrinsiz qolgani uchun bosh murabbiy Massimiliano Allegri tarkibda o‘zgarish qilmoqchi.

Xususan, maydon markazida raqobatni oshirish maqsadida Kristante olib kelinishi kerak.

Aslida klub sport direktori Federiko Kerubini birinchi navbatda, Pol Pogba va Anxel Di Mariya transferi ustida ishlamoqda. Ularni olish uchun klub pul sarflamaydi. Lekin erkin agent sifatida keladigan yulduzlarning maoshi “Yuventus”ga og‘irlik qilishi mumkin.

Ularning o‘rnini esa Brayan Kristante bosishiga umid qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!