Yuz oltmish million beramiz! “Real” oʻta katta transferga qoʻl uryapti

  • 25.03.2026 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida tarkibni kuchaytirish rejalarini tuzmoqda va jamoa oʻyinini kuchaytira oladigan yangi ijroqchilarni tanlayapti.

“Qirollik klubi” rahbariyati “Bavariya”da porlayotgan hujumkor futbolchi Maykl Olisega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Bild nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, “Real” prezidenti Florentino Peres fransuz futbolchisini juda yuqori qadrlaydi  va uni sotib olish uchun 160 million yevro taklif qilishga tayyor.

Biroq  “Bavariya” Oliseni yaqin kelajakda sotishni rejalashtirmagan. Fransuziyalik hujumkor futbolchi Myunxen klubida ikkinchi mavsumini oʻtkazmoqda. Shu vaqt ichida u 93 ta oʻyinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 35 ta gol urdi va jamoadoʻshlariga 50 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!