Zabixillo O‘rinboev yapon ommaviy axborot vositalari nishonida
Deyarli barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimizda to‘p surgan iste’dodli futbolchi Zabixillo O‘rinboevning Yaponiyaning “Tokushima Vortis” klubiga o‘tganidan xabaringiz bor. Uning kunchiqar yurtdagi faoliyati omadsiz ko‘rinish olgandek taassurot uyg‘otayotgan bo‘lishi mumkin.Chunki, u faoliyatining dastlabki bosqichidayoq jarohat orttirib oldi va chempionat mobaynidagi ko‘plab o‘yinlarda ishtirok eta olmadi. Shunday bo‘lsada, asta-sekin jismoniy xolatini tiklab, kubok doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok eta boshladi. Eng asosiysi jamoa murabbiylari unga ishonishmoqda. Qolaversa, yapon matbuoti ham unga katta e’tibor qaratgan...


Fikrlar