Zamohshari Bekmurodov chempion, Qurbonboevada bronza!

  • 28.09.2025 00:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Chexiyaning Praga shahrida o‘tkazilayotgan Evropa Ochiq kubogining birinchi kuni dzyudochilarimiz ikki bor shohsupaga ko‘tarilishdi.

Quvonarlisi, buxorolik yosh dzyudochimiz Zamohshari Bekmurodov "Prague European Open" chempioniga aylandi. Faoliyatida ilk bor -73 kg vazn toifasida kurashgan 20 yoshli polvonimiz tajribali raqiblarini engib, nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Bekmurodov final bellashuvida ukrainalik Said-Magomed Xalidovni bir daqiqada og‘ritish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi. 

Terma jamoamizga bugunning hisobidan ikkinchi medalni Irisxon Qurbonboeva keltirdi. +78 kg vazndagi vakilamiz bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik Kinga Volchakni ippon bahosi evaziga taslim etdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 35 davlat orasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!