Zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri faoliyatini yakunlash arafasida. Uning oxirgi o‘yini Fozil Musaev jamoasiga qarshi o‘tkaziladi

  • 13.11.2019 14:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi hujumchisi David Vilya mavsum yakunlangach faoliyatini tugatishini e’lon qildi. Bu haqda futbolchi tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Chahon va Evropa chempioni bu mavsum Yaponiya chempionatida faoliyatini tugatmoqchi. Futbolchini kuzatish marosimi bo‘ladigan o‘yin oxirgi turda bo‘lib o‘tadi. Unda "Vissel Kobe" 7 dekabr kuni "Jubilo Ivatu"ni qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, "Jubilo Ivatu" klubida hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p tepadi.

EJPbSzrWsAA8uAK

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!