Zamonaviy beshkurash. Terma jamoamiz Minsk yig‘iniga jo‘nab ketdi

  • 12 may, 2023, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
TIGGO 2 PRO

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun Minsk shahriga yo‘l oldi. Sportchilarimiz u erda Belarus terma jamoasi bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishadi.

Mashg‘ulotlar 30 mayga qadar davom etadi. Mezbonlar safida xalqaro maydonda ulkan tajriba to‘plagan atletlar, jumladan, jahon chempionlari ham borligi yosh sportchilarimizning o‘z mahoratlarini yanada oshirishlari uchun ayni muddao. Ushbu yig‘in jamoamiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari yo‘lidagi muhim tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida, mazkur safar Iskandariya (Misr) shahri mezbonlik qiladigan U-17, Istanbulda o‘tadigan U-19 yosh toifalaridagi jahon chempionatlari oldidan yoshlarimizning holatini ko‘zdan kechirish imkonini ham beradi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!