
"Zenit" ham Superligada ishtirok etishi mumkin edi, ammo...
Jurnalist Vasiliy Konov nega "Zenit" klubi yangi tashkil etilgan Evropa Superligasida ishtirok etishga taklif qilinmagani haqida gapirib berdi.
“Potentsial jihatdan kuchli homiyga ega bo‘lgan va asosan shu tufayli, Superliga qiziqish bildirgan yagona Rossiya klubi bu "Zenit" edi. Ammo "Zenit" homiysi Chempionlar Ligasi va UEFA homiysi hisoblanadi. Superliga rahbariyati "Zenit"ga qiziqish bildirgan, ammo ular piterliklarning javobini kutib o‘tirmadi”, - dedi Konov.
“Zenit”ning bosh homiysi Rossiya transmilliy energetika kompaniyasi – “Gazprom” hisoblanadi. U UEFAning yaqin hamkorlaridan biridir.
Bundan avvalroq, Rossiya premer-ligasi prezidenti Sergey Pryadkin Superligaga qarshi ekani va bu borada UEFAning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar