"Zenit" o‘z maydonida "Sochi"ga yutqazib qo‘ydi. Azmun maydondan chetlatildi (video)

  • 3 oktabr, 2021, 23:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 10-turida amaldagi chempion “Zenit” o‘z maydonida “Sochi”ni qabul qildi.

“Gazprom Arena”dagi o‘yin kutilmaganda maydon egalarining 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. “Sochi”ga sensatsion g‘alabani taqdim etgan gollarga Mateo Kassierra (67') va Sergey Terexov (71') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Zenit”ning yagona golini Artyom Dzyuba (45') kiritdi.

Aytish kerakki, piterliklar hujumchisi Sardor Azmun 42-daqiqada hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va maydondan chetlatildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!