Zidan Asensioni "Real"da olib qolmoqchi

  • 14 mart, 2019, 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio yozda jamoadan ketmaydigan bo‘ldi.

Tecno

AS nashrining yozishicha ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng yana jamoaga qaytgan Zinedin Zidan yangi mavsumda Asensioni jamoaning asosiy figuralaridan biri sifatida foydalanmoqchi. Zidan qaytgach Asensio ham ketish fikridan qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Asensioga “Liverpul”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani va yozda u aynan mersisaydliklar safiga ko‘chib o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!