Zidan "Barselona" bilan o‘yinga yashirin qurol tayyorladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 14-turida Kataloniyada "Barselona" bilan bo‘ladigan o‘yinda Karlos Kasemironi asosiy tarkibda maydonga tushirmoqchi.
 
Kasemiro 4-turda "Espanol"ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olgandi. Ayni paytda braziliyalik futbolchi salomatligini tiklab, umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Zidan 24 yoshli Kasemiro "Barselona" ustidan g‘alabani ta’minlashiga ishonmoqda.
 
Shu o‘rinda, Garet Beyl jarohat tufayli "El Klasiko"ni o‘tkazib yuborishini aytish lozim.
 
Agar bo‘lajak uchrashuvda "Real" g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, chempionlik poygasida "Barselona"dan 9 ochkoga ilgarilab ketadi. Ayni paytda Madrid klubi hisobida 33 ochko, kataloniyaliklarda 27 ochko bor.
 
"Barselona" - "Real" uchrashuvi 3 dekabrga belgilangan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!